"Uzbekistan Airways" AJ konferens zalida “Havo transporti sohasida innovatsion g‘oyalar” mavzusida o‘tkazilgan tanlovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning II bosqich natijalariga ko‘ra, Yerdagi xizmat departamentining DCS guruhi 2-toifali mutaxassisi A.Zaripov 1-o‘rinni, “O‘MM” MChJ Aviatsiya trenajyorlarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha muhandisi M.Sugurbayev 2-o‘rinni egalladi. “Uzbekistan Airways Technics” MChJ Sifat nazorati xizmatining sharqda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko'rsatish va ta’mirlash bo‘limi muhandisi I.Xamitov esa 3-o‘ringa munosib deb topildi.
Tanlov g‘oliblariga O‘zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Telegram: t.me/uzbekistanairways