2021-yil 14-sentyabr kuni A-320 havo kemasining texnik nosozligi sababli Uzbekistan Airways Express reyslarining parvoz vaqtlari oʻzgartirildi.
«Uzbekistan Airways» AJ tomonidan hozirgi vaqtda yoʻlovchilar uchun zarur xizmatlarni tashkil etish, shu jumladan, mehmonxona taqdim etish, yangi reysga qayta rasmiylashtirish choralari koʻrilmoqda.
«Oʻzgarishlar haqida aviakompaniya barcha yoʻlovchilarni xabardor qilib boradi», – deb xabar beradi «Uzbekistan Airways» AJ Axborot xizmati.
Telegram: t.me/uzbekistanairways