Uzbekistan Airways uch yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent-Jakarta-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini tiklamoqda. Qulay ulanish reyslari tufayli Uzbekistan Airways yo‘lovchilari nafaqat Indoneziya poytaxti, balki butun dunyodan sayyohlarni o‘ziga tortadigan tropik jannatmakon – Bali oroliga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Parvozlar shu yilning 26-aprelidan boshlab haftaning chorshanba kunlari zamonaviy va qulay Dreamliner 787 avialaynerida amalga oshiriladi.
Parvozlar jadvali:
- Toshkentdan uchish - 09:00, Jakartaga kelish - 17:30;
- Jakartadan uchish - 19:00, Toshkentga kelish - 03:30.
Vaqtlar har bir manzil uchun mahalliy hisoblanadi.
Bir tomon uchun aviachiptalar narxi 10-aprel holatiga ko‘ra 4 739 819 so‘mdan, borish va qaytish uchun esa 8 454 211 so‘mdan boshlanadi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.