5-noyabr kuni Uzbekistan Airways bosh ofisining anjumanlar zalida havo transporti sohasida "Innovatsion g‘oyalar – 2024" tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir eng istiqbolli innovatsiyalar va texnologiyalarni aniqlash, shuningdek, yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini ochish va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida o‘tkazildi.
Ushbu bosqichda tanlovning uchta g‘olibi aniqlandi:
1-o‘rin. Gaipov Feruzxon Rustambekovich
2-o‘rin. Karimov Mardonbek Davronbek o‘g‘li
Ikkalasi ham Aviatashuvlar marketingi va savdosi departamentining Marketing va tijoratni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari.
3-o‘rin. Kudratova Laylo Baxtiyarovna, bortkuzatuvchi.
G‘oliblarni tabriklaymiz va ularga tanlovning keyingi bosqichlarida omad tilaymiz!