Kecha UITM’2021 halqaro sayyohlik ko’rgazmasi o’z nihoyasiga yetdi. Ko’rgazmaning boy va qiziq dasturi 20 dan ortiq tadbir va uchrashuvlar, 2000 mingga yaqin B2B mijozlarni o’z ichiga oldi. «Uzbekistan Airways» AJ vakillari ishtirokchilarga O’zbekiston va Ukraina o’rtasidagi aviatashuvlar qayta tiklangani va O’zbekiston sayyohlarga nimasi bilan qiziq bo’lishi haqida gapirib berishdi. Ko’rgazma doirasida aviakompaniya vakillari 100 dan ortiq sayyohlik tashkilotlari va turoperatorlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishdi.
Telegram: t.me/uzbekistanairways