Uzbekistan Airways vakillari O‘zbekiston Respublikasining Kuala-Lumpurdagi elchixonasi bilan hamkorlikda Malayziyaning 40 nafar sayyohlik kompaniyasi vakillariga mo‘ljallangan taqdimot marosimini o‘tkazdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari, respublika shaharlarini ziyorat qilish imkonini beruvchi “Umra+” dasturi, shuningdek, aviakompaniya faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.


