Malayziyaning Putrajaya shahrida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining aviatsiya imkoniyatlari va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi. Tadbir aviakompaniya vakolatxonasi tomonidan Malayziyada yo‘lovchi tashuvlari bo‘yicha agent – ATN Tourism & Travel Corporation SDN BHD kompaniyasi ko‘magida tashkil qilindi.
Malayziya sayyohlik kompaniyalari vakillari Uzbekistan Airways parvozlari orqali Toshkent orqali MDH va Yevropa shaharlariga uchish imkoniyatlari, tariflar va parvoz geografiyasi haqida batafsil ma’lumot oldilar.

