Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

NEO SPACE GROUP VA UZBEKISTAN AIRWAYS YO‘LOVCHILARGA ILG‘OR BORT ALOQA TIZIMINI TAQDIM ETISH UCHUN SA’Y-HARAKATLARNI BIRLASHTIRMOQDA

2025 9 Aprel
Ulashing

• Hamkorlik doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining yangi A321neo havo kemalari bortida yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh interneti joriy etiladi, bu esa parvozdagi qulaylik va xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada oshiradi.

• NSG texnologiyasi yo‘lovchilarga video oqimidan foydalanish, real vaqt rejimida xabar almashish va butun marshrut davomida tarmoqda samarali ishlash imkonini beruvchi barqaror aloqani ta’minlaydi. 

Saudiya Arabistonida tijorat kosmik xizmatlarining yetakchi provayderi bo‘lgan “Public Investment Fund” (PIF) tarkibiga kiruvchi “Neo Space Group” (NSG) kompaniyasi Uzbekistan Airways bilan strategik hamkorlikni e’lon qildi. Loyihaning maqsadi – yangi A321neo havo kemalarida ilg‘or bort aloqa tizimini (IFC) joriy etish. Ushbu tashabbus Markaziy Osiyoda havo tashuvlarini modernizatsiya qilishda muhim bosqich bo‘ladi va Uzbekistan Airways’ning mintaqada aviatashuvlari sohasida yetakchilikka intilishiga mos keladi.

NSG kompaniyasining yangi avlod texnologiyasi Uzbekistan Airways yo‘lovchilariga parvozning barcha bosqichlarida, shu jumladan 2026-yildan boshlab A321neo havo kemalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan uzoq masofali yo‘nalishlarda yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatini beradi. SES Open Orbits bilan hamkorlikda taqdim etilgan multiorbital sun’iy yo‘ldosh qoplamasidan foydalanish efirga uzatish, real vaqt rejimida muloqot qilish va onlayn ishlash uchun barqaror ulanishni ta’minlaydi. Loyiha aviakompaniyaning mijozlar tajribasini doimiy ravishda yaxshilash va yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.

NSG sun’iy yo‘ldosh bo‘linmasining operatsion direktori va prezidenti Filipp Karrett ushbu hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladi: “Uzbekistan Airways Markaziy Osiyoda bort aloqasining yangi standartini o‘rnatmoqda va biz ularning hamkori ekanligimizdan faxrlanamiz. NSGning ilg‘or texnologiyalari yo‘lovchilarga parvoz davomida uzluksiz va tezkor internetdan internetdan foydalanish imkonini beradi, bu esa havo kemasidagi aloqa tizimiga bo‘lgan an’anaviy yondashuvni tubdan o‘zgartiradi. Ushbu hamkorlik aviatsiyada raqamli yechimlarni rivojlantirish va rivojlanayotgan hududlarda aloqa imkoniyatlarini kengaytirishga sodiqligimizni tasdiqlaydi.” 

Uzbekistan Airways Boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov ham aviakompaniyaning raqamli transformatsiyaga intilishini ta’kidladi: “O‘zbekistonning milliy tashuvchisi sifatida biz doimo yo‘lovchilarga jahon darajasidagi xizmatni taklif qilishga intilamiz. NSG bilan hamkorlik va havo kemasi bortidagi internetning ilg‘or tizimini joriy etish bu yo‘nalishdagi muhim bosqichdir. Endilikda yo‘lovchilarimiz parvoz davomida ham aloqada qolishlari mumkin bo‘ladi. Ishonchimiz komilki, 11 ming metr balandlikdagi internet endi hashamat emas, balki zamonaviy sayohatning zaruriy qismiga aylandi. Yo‘lovchilarimizga ushbu xizmatni taklif qilishdan mamnunmiz.”

Markaziy Osiyo aviatsiya sanoatidagi innovatsiyalar

"Uzbekistan Airways"da NSGning IFC tizimlarini joriy etish mintaqaning raqamli transformatsiya va havo transportini rivojlantirish bo‘yicha kengroq maqsadlariga mos keladi. Havo kemasi bortidagi internet xizmatlariga bo‘lgan talab tobora ortib borayotgan bir paytda, aviakompaniya o‘z flotiga yangi avlod raqamli yechimlarini joriy etish orqali texnologik yetakchilik mavqeini egallashga intilmoqda.

Ishga tushirish 2026-yil boshida, yig‘ish bosqichidayoq aloqa tizimi bilan jihozlangan birinchi A321neo havo kemalarining kelishi bilan rejalashtirilgan. Kelgusida IFC yetkazib berish jadvaliga muvofiq keyingi havo kemalariga o‘rnatiladi. 

NSG tizimi Display Interactive kompaniyasining Skywaves trafikni boshqarish tizimini va SkyFly intuitiv yo‘lovchi interfeysini birlashtiradi. SES Open Orbits infratuzilmasidan foydalanish orqali tizim uzluksiz ulanishni kafolatlaydi. NSG, shuningdek, texnologiyani samarali joriy etish uchun moslashuvchan apparat yechimlarini taklif qilish orqali aerokosmik sanoatning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.

NSG kompaniyasi haqida: www.neospacegroup.com  

Neo Space Group (NSG) – sun’iy yo‘ldosh aloqasi, geofazoviy yechimlar, navigatsiya va vaqt sinxronizatsiyasi (PNT) hamda ilg‘or kosmik texnologiyalarga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan xalqaro kosmik xizmat ko‘rsatuvchi provayder hisoblanadi. NSG Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) tarkibida bo‘lib, Saudiya Arabistonining kosmik sanoatini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda, Saudi Vision 2030 strategiyasi maqsadlariga muvofiq innovatsiyalarni joriy etish va ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashmoqda.

Uzbekistan Airways haqida: www.uzairways.com 

Uzbekistan Airways – milliy aviatashuvchi va O‘zbekistonning eng yirik aviakompaniyasi. Aviakompaniya floti Boeing 787/767, Airbus A320ceo/A320neo/A321neo, L-410 va ATR-72 havo kemalaridan iborat. Aviakompaniya yo‘nalishlar tarmog‘ini faol ravishda kengaytirmoqda va havo kemalari parkini yangilab, xizmat ko‘rsatish sifatini izchil yaxshilamoqda. Parvozlar xavfsizligi asosiy ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Uzbekistan Airways muntazam va charter yo‘lovchi va yuk tashuvlarini, shuningdek, o‘zining loukost-bo‘linmasi – Uzbekistan Airways Express brendi ostidagi aviaqatnovlarni ham amalga oshiradi. Aviakompaniya tarkibiga, shuningdek, Uzbekistan Helicopters (Silk Avia brendi), Uzbekistan Airways Technics, Catering LLC va Training Center LLC kiradi. 

PDF-ni yuklab oling