Chegirma shartlari quyidagicha:
- Aviachiptalar sotuvi: 2024-yil 6-avgustdan 2024-yil 3-sentabrgacha gacha;
- Parvoz qilish muddati: 2024-yil 31-avgustdan 2024-yil 3-sentabrgacha
- Chegirma respublika ichidagi borish va qaytish aviaqatnovlarida ekonom va biznes klass xizmat ko‘rsatishning barcha e’lon qilingan individual tariflari uchun ruxsat etiladi.
Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
- kattalar uchun tarifdan – 30% gacha;
- 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kattalar tarifidan 48% chegirma taqdim etiladi;
- Yuqoridagi chegirmalar 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
- Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keyingi kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;
- To‘liq foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirganda, agar jo‘nash sanalaridan biri chegirma tugagan vaqtdan keyinga to‘g‘ri kelmasa, to‘liq tarif darajasiga chegirmalar qo‘llanilmaydi.
- Chegirmalarni birlashtirish (bolalarniki bundan mustasno) taqiqlanadi;
Eslatma: Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. 30% gacha chegirma yig‘imlar, soliqlar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar uchun amal qilmaydi.
Eslatma: Ushbu chegirmalar faqat “Uzbekistan Airways” AJning aviaqatnovlariga taalluqlidir va “Uzbekistan Helicopters” va “Silk Avia” HY1001-1100 aviaqatnovlarida qo‘llanilmaydi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy booking.uzairways.com sayti, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.