«Uzbekistan Airways» AJ Mustaqillik bayramiga bagʻishlab joriy yilning 1-sentyabridan 5-sentyabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab amalga oshirilayotgan ichki reyslar aviachiptalariga 30% dan 50% gacha chegirmalarni e’lon qiladi.
Maxsus chegirmalar barcha aviachiptalarga amal qilib, faqat quyidagi shaxslarga taqdim etiladi;
– Yakka tartibdagi yoʻlovchilar 30%;
– Turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), oʻquvchilar, kollej, litsey, OTM talabalari, Oʻzbekiston Respublikasi IIB, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlari talabalari va tinglovchilari va boshqa idoralar uchun 40%;
– Oila uchun 50% (2 va undan ortiq, ya’ni: eru-xotin va ularning 18 yoshdan oshmagan farzandlari, ota va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari yoki ona va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari);
– Nafaqaxoʻrlar uchun 50%;
– Nogironligi bor shaxslarga 50%;
– 1941-1945 yillar urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga 50%;
– 1941-1945 yillarda urush va mehnat frontida koʻrsatgan fidokorligi uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun 50%;
– Chernobil AES halokati oqibatlarini oldini olishda ishtirok etgan ishtirokchilar uchun 50%.
Yuqorida koʻrsatilgan chegirmalar chaqaloqlar va 2 yoshga toʻlmagan bolalarga amal qilmaydi. 2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga chegirmalardan faqatgina 1 tasini qoʻllash mumkin. Chegirmalarni boshqa chegirmalar bilan birga qoʻllash mumkin emas. Yoʻlovchilar aviachipta xarid qilayotganlarida shaxsni tasqidlovchi hujjatlarni taqdim etishlari shart.
Telegram: t.me/uzbekistanairways