Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Arways yangi A321neo havo kemalarini zamonaviy HBCplus bort aloqa tizimi bilan jihozlaydi

2025 9 Aprel
Ulashing

Uzbekistan Airways yangi Airbus A321neo havo laynerlarini HBCplus ilg‘or bort aloqasi tizimi (IFC), Airbus kompaniyasining multi orbital aloqani qo‘llab-quvvatlovchi moslashuvchan sun’iy yo‘ldosh texnologiyasi bilan jihozlaydi. Ushbu tashabbus aviakompaniyaning bort xizmatini modernizatsiya qilish va yo‘lovchilar uchun zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish strategiyasining bir qismidir. 

Avipark yangi avlod havo kemalari bilan to‘ldirilishi arafasida aviakompaniya bortdagi qulaylikni oshirish va parvoz davomida barqaror internet aloqasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. HBCplus tizimining joriy etilishi yo‘lovchilarga o‘rta va uzoq masofali yo‘nalishlarda ham kontent ko‘rish, xabar almashish va onlayn ishlash uchun yuqori tezlikdagi internet aloqasini ta’minlaydi. Tizimni o‘rnatish 2026-yildan boshlab birinchi A321neo havo kemalarining kelishi bilan boshlanadi.

Uzbekistan Airways Boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov havo kemasi bortida internetni joriy etish aviakompaniyani modernizatsiya qilish doirasidagi strategik qadam ekanligini ta’kidladi: “A321neo havo kemasining zamonaviy aloqa vositalari bilan jihozlanishi yuqori darajadagi qulaylik va xizmat ko‘rsatish sifatiga sodiqligimizning ifodasidir. Airbus bilan hamkorlik bizni "Markaziy Osiyoda aviatashuvlar sohasida yetakchiga aylanish” maqsadimizga erishishga yaqinlashtiradi", - dedi u.

Uzbekistan Airways – milliy aviatashuvchi va O‘zbekistonning eng yirik aviakompaniyasi. Aviakompaniya floti Boeing 787/767, Airbus A320ceo/A320neo/A321neo, L-410 va ATR-72 havo kemalaridan iborat. Aviakompaniya yo‘nalishlar tarmog‘ini faol ravishda kengaytirmoqda va havo kemalari parkini yangilab, xizmat ko‘rsatish sifatini izchil yaxshilamoqda. Parvozlar xavfsizligi asosiy ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.

Uzbekistan Airways muntazam va charter yo‘lovchi va yuk tashuvlarini, shuningdek, o‘zining loukost-bo‘linmasi – Uzbekistan Airways Express brendi ostidagi aviaqatnovlarni ham amalga oshiradi. Aviakompaniya tarkibiga, shuningdek, Uzbekistan Helicopters (Silk Avia brendi), Uzbekistan Airways Technics, Catering LLC va Training Center LLC kiradi.

PDF-ni yuklab oling