“Uzbekistan Airways” AJ Olmaota aholisiga Oʻzbekiston shaharlari boʻylab sayohat qilish uchun yanada koʻproq imkoniyatlar ochmoqda! Joriy yilning 1 iyulidan boshlab Olmaota shahridan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qulay tariflar amal qiladi:
- Markaziy Osiyoning tarixiy markazi – Urganch shahri
- Osiyoning kulolchilik va toʻqimachilik markazlaridan biri – Fargʻona shahri
- Hududdagi zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarish markazlaridan biri – Namangan shahri
Olmaota – Urganch (Samarqand shahriga qoʻngan holda), Olmaota – Fargʻona (Samarqand shahriga qoʻngan holda), Olmaota – Namangan (Samarqand shahriga qoʻngan holda) yoʻnalishlariga aviachiptalarning narxi – 1 137 811 soʻmdan boshlanadi!
Aviachiptalarni Olmaota shahridagi agentlardan, aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilish mumkin.
Aloqa markazi raqami: +998 78 140 02 00 (kecha-kunduz).
“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati.
Olmaota shahridan Oʻzbekistonning ajoyib shaharlariga foyda bilan sayohat qiling!
2021 5 Iyul
1
Ulashing