O’zbekiston Respublikasi Havo floti kuni – bu uchuvchilar, aviatsiya injener va texniklari, dispetcherlik jamoasi, bortkuzatuvchilari va yurtimizning barcha aviatsiya infratuzilmasi uchun katta bayram hisoblanadi.
O’zbekiston aviatsiyasi barcha rivojlanish bosqichlarida ilg’or bo’lib, u ilmiy yutuqlar, vatanparvarlik, doimiy mehnat va aviatorlar avlodlarining shijoatini o’zida aks etgan. Bugun esa ushbu bayram havo kemalarini osmonga ko’tarilishiga oz bo‘lsada hissasini qo‘shgan barcha insonlarni o‘zida birlashtiradi.
Bugun eng samimiy tilaklarimiz va minnatdorchiligimizni O’zbekiston Respublikasi Havo floti rivojiga o’z hissasini qo’shgan mard va shijoatli aviatsiya faxriylariga yo’llaymiz.
Aviatsiya kimlargadur oddiy so’z bo’lsa, kimgadur butun hayot demak. Tilagim yo’lingizda hech qachon bo’ron va to’fonlar bo’lmasin, omad esa doim siz tomoningizda bo’lsin. Sizga mustahkam sog’liq, barqarorlik va barcha ezgu-niyatlaringiz amalga oshishini tilab qolaman.
Ilhom Maxkamov
«Uzbekistan Airways» AJ
Boshqaruv Raisi
Telegram: t.me/uzbekistanairways