"Uzbekistan Airways" AJ 2021-yil noyabridan 2022-yil martiga qadar Samarqand-Istanbul-Samarqand, Urganch-Istanbul-Urganch hamda Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona yo‘nalishlariga qatnov kunlari va vaqti o'zgartirilishini ma’lum qiladi.
Yangi jadvalga ko‘ra, Samarqand-Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar dushanba, chorshanba va juma kunlari (haftasiga uch marotaba), Urganch – Istanbul – Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha seshanba kunlari (haftasiga bir marotaba) va Farg'ona – Istanbul – Farg'ona yo'nalishlari bo'yicha chorshanba va shanba kunlari (haftasiga ikki marotaba) amalga oshiriladi.
Samarqand-Istanbul-Samarqand
Samarqanddan uchish: 08: 40 (Toshkent vaqti bilan);
Istanbulga kelish: 11: 40 (Istanbul vaqti bilan);
Istanbuldan ketish: 13: 10 (Istanbul vaqti bilan);
Samarqandga kelish: 19: 25 (Toshkent vaqti bilan).
Samarqand-Istanbul yo‘nalishidagi aviachipta narxi 2 mln 899 ming so‘mdan, Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha esa, 4 mln 215 ming so‘mdan boshlanadi.
Urganch-Istanbul-Urganch
Urganch shahridan jo‘nab ketish: 09:30 (Toshkent vaqti bilan);
Istanbulga kelish: 11: 50 (Istanbul vaqti bilan);
Istanbuldan ketish: 13: 20 (Istanbul vaqti bilan);
Urganch shahriga kelish: 19: 05 (Toshkent vaqti bilan).
Urganch-Istanbul yo‘nalishidagi aviachipta narxi 2 mln 691 ming so'mdan, Urganch – Istanbul – Urganch yo'nalishi bo'yicha esa, 4 mln 18 ming so‘mdan boshlanadi.
Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona
Farg‘ona shahridan jo‘nab ketish: 08: 45 (Toshkent vaqti bilan);
Istanbulga kelish: 12: 25 (Istanbul vaqti bilan);
Istanbuldan ketish: 14: 00 (Istanbul vaqti bilan);
Farg‘onaga kelish: 20: 50 (Toshkent vaqti bilan).
Farg‘ona-Istanbul yo‘nalishida aviachipta narxi 2 mln 899 ming so‘mdan, Farg‘ona – Istanbul – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha esa 4 mln 215 ming so‘mdan boshlanadi.
Aviachiptalar narxi 06.10.2021 holatiga ko‘ra amal qiladi.
Telegram: t.me/uzbekistanairways