Qozog‘iston Respublikasida koronavirus infeksiyasining paydo bo‘lishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiyasining bayonnomasiga muvofiq, 2021-yil 12-maydan boshlab, Nur-Sulton va Olmaota aeroportlaridagi barcha yo‘lovchilar uchun “ASHYQ” loyihasi sinov rejimda amalga joriy etiladi.
“ASHYQ” loyihasi doirasida yo‘lovchilar aeroport terminali binosiga sayohatni davom ettirish uchun “ASHYQ” mobil ilovasidagi QR-kodini skanerlash va Qozog'iston Respublikasi fuqarolarining IIN-kodi bo‘yicha hamda chet el fuqarolarining pasport raqami orqali holati tekshirilgandan so‘nggina kirishga ruxsat etiladi.
Yo‘lovchilarga quyidagi status holatlarida terminallarga kirish ruxsat etiladi:
- “yashil” status holati - COVID-19 uchun salbiy PSR natija bilan;
- “ko‘k” status holati - PSR natijasi yo‘q bo‘lganda;
Yo‘lovchilarga quyidagi status holatlarida terminallarga kirish ruxsat etilmaydi:
- “sariq” status holati – ma’lumotlar bazasida COVID-19 bilan kasallangan bemor bilan aloqa sifatida ko‘rsatilganda;
- “qizil” status holati, COVID-19 uchun ijobiy natija, “infeksiya yuqtirgan” statusga ega yo‘lovchilar.
Ushbu munosabat bilan, yo‘lovchilardan “ASHYQ” mobil ilovasini oldindan o‘rnatishlarini va o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tib, kechiktirmasdan uchib ketish uchun yuqoridagi aeroportlarga oldindan ertaroq yetib kelishlarini so‘raymiz.