«Uzbekistan Airways» AJ Rossiyaga sayohat qilishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun 2021-yilning 1-sentyabridan boshlab ko‘zlangan manzilga jo‘nab ketishda yo’lovchilar «Путешествую без COVID-19» ilovasidagi PZR-testining salbiy natijasini yuklab olishlari lozimligini yana bir bor eslatadi. PZR-testi parvozdan 72 soat oldin va keyinroq amalga oshirilishi mumkin, lekin parvozdan 3 kun oldin emas, aks holda natijalar bekor bo‘ladi. Salbiy natijani yuklaganingizdan so‘ng, siz «Путешествую без COVID-19» ilovasi orqali taqdim etilgan «yashil» status QR-kodini olasiz, bu esa aeroportda ro‘yxatdan o‘tishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
Telegram: t.me/uzbekistanairways