Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Til – millat boyligi

2021 17 Oktabr
1
Ulashing

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan Uzbekistan Airways AJ O‘quv-mashq markazi (O‘MM)da bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Markazning davlat tili bo‘yicha xodimlarni kasbga tayyorlash guruhi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu tadbirda Uzbekistan Airways AJ Boshqaruv raisining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ta’minlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Kurbanova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘MM direktori Stanislav Mixaylovich Gurfinkel o‘zbek tilida barcha yig‘ilganlarni samimiy qutlagan holda ona tilimizga davlat tili maqomining berilgani xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lganini, istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz bergani xususida to‘xtalib o‘tdi.

Mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlagan tadbir davomida O‘quv-mashq markazida “Rahbar xodimlar uchun davlat tili kursi (Modul №1)” o‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan ilk qaldirg‘och bitiruvchilari – Yerda xizmat ko‘rsatish Departamenti bir guruh rahbar xodimlariga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.

Bayram tadbiri davomida yig‘ilganlarga markazning bir guruh faol yoshlari hamda aviaompaniya  tarkibiy bo‘linmalari xodimlari ishtirokida tayyorlangan videorolik ko‘rinishidagi fleshmob namoyish etildi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling