Uzbekistan Airways joriy yilning 29-oktabrdan 15-dekabriga qadar Toshkent-Myunxen-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha barcha reyslarga 20% chegirma e’lon qiladi!
Aksiyaning batafsil shartlari:
- Sotuv muddati 2023-yil 1-sentyabr soat 00:00 dan 15-dekabr soat 23:59 gacha
- Aksiya muddati 2023-yil 29-oktyabrdan 15-dekabrgacha gacha;
- Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
- kattalar uchun tarifdan – 20%;
- 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 20%;
- chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
- Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
- Ilgari sotib olingan aviachiptalar 29.10.2023 dan 15.12.2023 gacha qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
- Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
- Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
- Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
- Chegirma e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat Toshkent – Myunxen – Toshkent yo‘nalishlari uchun taqdim etiladi.
Aviachiptalarni www.uzairways.com saytida, UzAirways ilovasi orqali, Uzbekistan Airways Sales filialida, shuningdek, aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.