Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Turkiya va Hindistonga sayohatlar uchun vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilmoqda

2021 11 May
3451
Ulashing

Respublika maxsus komissiyasining  koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha qaroriga muvofiq, joriy yilning 10-mayidan boshlab ushbu mamlakatlarda epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar Turkiya va Hindistonga sayohatlar uchun cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunday cheklov chora-tadbirlari ushbu mamlakatlarda COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning keskin yomonlashishini hisobga olgan holda va tegishli idoralarning takliflari asosida cheklovlar joriy qilindi.

Respublika maxsus komissiyasi koronavirus COVID-19ga qarshi kurashish boʻyicha qaroriga muvofiq, «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan Istanbul va Dehliga amalga oshirilayotga quyidagi qatnovlar bekor qilinadi:

  • 2021-yilning 26 va 31-маy kunlaridagi HY 271/272-sonli Тoshkent - Istambul / Istambul – Тoshkent qatnovlari;
  • 2021-yilning 17-maydan 31-маyga qadar haftaning faqat 2, 4 va 5 kunlaridagi HY 273/274  Тoshkent - Istambul / Istambul – Тoshkent qatnovlari;
  • 2021-yilning 17-maydan 31-маygacha bo‘lgan kunlaridagi HY 275/276-sonli Samarqand - Istambul / Istambul – Samarqand qatnovlari;
  • 2021-yilning faqat 26 va 31-маydagi HY 271/272-sonli Тoshkent - Istambul / Istambul – Тoshkent qatnovlari;
  • 2021-yilning 18-maydan 31-маyga qadar haftaning faqat 2, 4 va 5 kunlaridagi HY 273/274  Тoshkent - Istambul / Istambul – Тoshkent qatnovlari;
  • 2021-yilning 17-maydan 31-маygacha bo‘lgan kunlaridagi HY 275/276-sonli Samarqand - Istambul / Istambul – Samarqand qatnovlari;
  • 2021-yilning 19-maydan 31-маygacha bo‘lgan kunlaridagi HY 277/278-sonli Fqrg‘ona - Istambul / Istambul – Farg‘ona qatnovlari;
  • 2021-yilning faqat 23 va 30-маy kunlaridagi HY 279/280  Urganch - Istambul / Istambul – Urganch qatnovlari;
  • 2021-yilning faqat 14, 21va 28-may kunlari HY 421/422 Тoshkent - Dehli / Dehli – Тoshkent qatnovlari;

Joriy yilning 10 may kunidan boshlab Turkiya va Hindiston hududiga O’zbekistondan borgan quyidagi yo’lovchlar kirishlari mumkin:

  • Xizmat safari doirasida ushbu davlatlarga tashrif buyurayotgan fuqarolar va fuqaroligi yuq shaxslar;
  • Chet elda ta’lim olayotgan talabalar;
  • Diplomatlar va ularning oila a’zolari;
  • Faoliyatini chet elda olib borayotgan fuqarolar va fuqaroligi yuq shaxslar;
  • Investitsiya loyihalari doirasida O’zbekistonga olib kelingan mutaxasislar;
  • Tranzit va transfer yo’lovchilari;
  • Davolanish (kerakli hujjatlar taqdim etilgandagina) maqsadida borgan fuqarolar va fuqaroligi yuq shaxslar.

Xizmat sayohatlari uchun aviachiptalar faqat maxsus komissiyaning ruxsati bilan, boshqa toifadagi fuqarolar uchun esa ular shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida sotiladi. Hujjatlar aeroport hodimlari tomonidan ro’yxatdan o’tish jarayonida tekshirilishi zarur.

Epidemiologik vaziyat sabab vujudga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.

PDF-ni yuklab oling