Uzbekistan Airways aviakompaniyasi A320 havo kema parki salonini qayta konfiguratsiya qilish uchun Airbus Services’ni tanladi. Airbus iqtisodiy sinf salonida 24 ta qo‘shimcha joyni o‘rnatish uchun xizmat byulletenlari va to‘plamlarni taqdim etadi. Dastur Uzbekistan Airways’ning Toshkentdagi UAT TKvaT markazida amalga oshiriladi. Shartnoma 9 ta A320 havo kemalarini o‘z ichiga oladi.
Qayta konfiguratsiya doirasida salon yangi Recaro 3710 Swift o‘rinfiqlari bilan jihozlanadi. O‘rindiqlarning vazni kamayganligi Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga 174 nafar yo‘lovchini (+24 o‘rin) iqtisodiy sinfga joylashtirish uchun qulaylikni saqlagan holda salonning xususiyatlarini optimallashtirishga imkon beradi. O‘rindiqning orqa tomoniga o‘rnatilgan to‘r ergonomik yostiqlar bilan birgalikda ularni iloji boricha qulayroq bo‘lishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, yangi o‘rindiqlar yo‘lovchiga vizual bo‘shliqni ortishi, oyoqlar harakatlanishi uchun va o‘rindiqning qo‘l tirsaklari orasidagi qo‘yiladigan joy kengligi tufayli yo‘lovchini qulayroq joylashuvini ta’minlaydi. Uzbekistan Airways ushbu turdagi o‘rindiqlarni tanlagan birinchi aviakompaniya hisoblanadi.
A320 havo kemasi “to‘liq iqtisod” komponovkasidagi qayta konfiguratsiyalangan Uzbekistan Express aviatashuvlarining aviachiptalar tariflari 20% ga kamaytirilgan gibrid modeli doirasida foydalaniladi. Eslatib o‘tamiz, 2021-yil “Uzbekistan Airways” AJ yangi aviatashuv modeliga o‘tgan va 2021-yilning 30-avgustida Toshkent – Moskva yo‘nalishida birinchi parvozni amalga oshirilgan. Bugungi kunda loyihaning marshrut tarmog‘i Rossiya va Qozog‘istonning asosiy shaharlarini o‘z ichiga oladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi doimiy ravishda o‘z flotini modernizatsiya qilib kelmoqda. Uzbekistan Airways Markaziy Osiyodagi g‘arb havo kemalaridan foydalanishni boshlagan birinchi aviakompaniya hisoblanadi. Bugungi kunda aviakompaniya so‘nggi avloddagi 13 ta A320neo havo kemalaridan iborat park bilan mintaqadagi eng yirik aviakompaniyalardan biri hisoblanadi.