O‘zbekiston xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatga alohida e’tibor qaratgan holda yurtimizda koronavirus infeksiyasining oldini olish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, maxsus respublika komissiyasining qaroriga muvofiq, “Uzbekistan Airways” AJ sanitariya-epidemiologik holat yaxshilangunga qadar Yaponiyaga bajarilayotgan aviaqatnovlarni bekor qilganligini e’lon qiladi. Eslatib o‘tamiz, har ikkala davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar 2020-yilda to‘xtatilgan edi.
Shuni alohida e’tirof etish joizki, O‘zbekiston va Yaponiya uzoq yillardan buyon strategik jihatdan juda yaxshi biznes hamkorlar hisoblanadi. Shu bois ham o‘tgan 20 yildan ortiq vaqt mobaynida “Uzbekistan Airways” AJ uchun O‘zbekistondan Yaponiyaga yo‘nalishlar bo‘yicha Tokioga bajarilgan qatnovlar ustuvor ahamiyat kasb etgan. Aviakompaniya vakillarining talab yuqori bo‘lgan mavsumlardagi samarali mehnati tufayli, nafaqat muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish, balki Yaponiyaning turli shaharlarida Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi, shuningdek Yaponiyaning Narita, Nagoya, Fukusima, Osaka, Senday, Sapporo, Xirosima singari shaharlaridagi parvozlarni ta’minlovchi samolyotlarning barqaror yo‘lovchi bandligini ta’minlashga ham erishildi.
2015-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan vaqtda esa, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida jami 500 dan ortiq qatnovlar amalga oshirildi va ushbu davrda tashilgan yo‘lovchilar soni jami 72 mingdan ortiq kishini tashkil etdi. Bundan tashqari, qatnovlar soni ortgani va ulardan kelayotgan foydani hisobga olgan holda, Yaponiya shahri parvozlar geografiyasi ham tobora kengaymoqda, mamlakat shaharlari o‘rtasida yo‘lovchilar tashish yil sayin oshirib borilmoqda.
Qatnovlarni qisman tiklash 2022-yilning bahor-yoz mavsumiga rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi muntazam qatnovlar mamlakatdagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng qayta yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.