Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi TXTY-2022 bosh hamkoriga aylandi

2022 24 Noyabr
Ulashing

Toshkentda 2022-yilning 30-noyabridan 2-dekabrigacha Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY) – “Ipak yo‘lidagi turizm” bo‘lib o‘tadi.

Yarmarka tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK. “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati esa TXTY-2022ning asosiy hamkori hisoblanadi. Aviakompaniyaning ushbu yarmarkada asosiy hamkor bo‘lib qatnashayotganligining sababi “Uzbekistan Airways” AJ ko‘p yillardan buyon mamlakatning turizm, iqtisodiyot va boshqa ko‘plab sohalarning rivojlanishiga yetakchi aviatashuvchi sifatida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Ushbu yarmarkada aviakompaniya o‘zining muntazam mahalliy va xalqaro yo‘nalishlardagi yo‘lovchi, shuningdek, yuk aviatashuv imkoniyatlarini taqdim etadi.

Tadbir doirasida Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi 15 dan ortiq mamlakatlarning milliy stendlari ishtirokida xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar O‘zbekistonning turli hududlarining sayyohlik salohiyati bilan tanishishlari mumkin. 

Yarmarkada Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi, xorijiy va xalqaro sayyohlik tashkilotlari va agentliklari vakillari ishtirok etadi.

Har yili dunyoning turli mamlakatlaridan turizm sohasidagi yetakchi kompaniyalar va mutaxassislar TXTY ishtirokchilariga aylanishadi, ularning orasida hududiy boshqarmalar, mahalliy va xorijiy turoperatorlar, yetakchi turistik agentliklari, temir yo‘l va aviakompaniyalar, transport agentliklari, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, turistik dam olish zonalari, tibbiyot markazlari, sanatoriylar va ixtisoslashtirilgan klinikalar mavjud.

Yarmarka doirasida turizm salohiyatini rivojlantirish, sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, O‘zbekistonning noma’lum joylarini targ‘ib qilish, shuningdek, turizm industriyasining istiqbollari haqida ma’ruzachilar nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Har yili yarmarka dasturi doirasida konferentsiyalar, B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, turistik xizmatlar va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, O‘zbekiston hududlari turistik salohiyati taqdimotlari, Gastro Bazaar va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.

 TXTY xalqaro turistik yarmarkasi 1995-yildan beri BMT Jahon turistik tashkiloti – UNWTO rasmiy ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda.

 

PDF-ni yuklab oling