Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 2022-yilda qayta tiklangan aviaqatnovlari

2022 21 Dekabr
Ulashing

Yoʻnalish tarmogʻini kengaytirish Uzbekistan Airways yoʻlovchilari uchun maksimal darajada qulaylikni taʼminlash maqsadida har yili amalga oshiradigan vazifa. 2022-yilda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi nafaqat bir qator yangi yo‘nalishlarni ochdi, balki dunyoning eng ko‘p tashrif buyuradigan shaharlariga parvozlarni tikladi.

Ulardan birinchisi Rossiyadagi eng yirik kurort shahri – Sochi boʻldi. Joriy yilning 30-yanvaridan boshlab Toshkent – Sochi – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlar tiklandi. Yil davomida Rossiyaning kurort shahriga parvozlar soni sezilarli darajada oshdi. Bugungi kunga qadar Uzbekistan Airways Toshkentdan Sochiga, payshanbadan tashqari, har kuni, Namangandan – seshanba va payshanba kunlari parvozlarni amalga oshirmoqda.

Boku – Uzbekistan Airways yangidan parvoz qila boshlagan navbatdagi shahar boʻldi. 8-martdan boshlab uzoq tanaffusdan so‘ng aviakompaniya yo‘lovchilari dunyoning eng go‘zal shaharlaridan biriga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘ldi. Mashhur «Brilliant qo‘l» filmi suratga olingan ko‘chalar bo‘ylab kelgusi hafta sayr qilishingiz mumkin: Toshkentdan Ozarbayjon poytaxtiga reyslar seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining eng uzoq kutilgan reysi romantika va muhabbat shahri – Parij bo‘ldi. 2022-yil aprel oyida ikki yillik tanaffusdan so‘ng aviakompaniya Fransiya poytaxtiga parvozlar qayta tiklangani haqida e’lon qildi. Parij mavsumiy parvozlar amalga oshiriladigan shaharlardan biri, shu sababli Fransiya poytaxtida bahorgi ta’tillaringizni oldindan rejalashtirishingizni maslahat beramiz.

Joriy yilning avgust oyida dunyodagi eng yirik shaharlardan biri – Tokioga ham parvozlar tiklandi. «Quyosh chiqayotgan mamlakatga» kelgusi yilda sayohat qilishingiz mumkin, shuning uchun Tokioda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar roʻyxatini hozir tuzishni taklif qilamiz.

Shu yilning kuzida Uzbekistan Airways barcha yo‘llar haqiqatdan ham Rimga olib borishini isbotladi. Aviakompaniya Italiyaning ikkita shahri – Milan va Rim shaharlariga parvozlarni tikladi. Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Italiyaga ilk parvozini 2000-yilda Toshkent – Rim – Toshkent, 2007-yilda esa Toshkent – Milan – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirgan. Biroq, 2019-yilda aviakompaniya koronavirus COVID-19 infeksiyasi tarqalishi sababli bir qator davlatlar, jumladan, Italiya bilan parvozlarni toʻxtatdi.

Ikki yil o‘tib, 19-avgust kuni Milan Malpensa xalqaro aeroporti Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 227 nafar yo‘lovchisini qabul qildi. Aviakompaniya Urganch – Milan – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirishi munosabati bilan Urganch xalqaro aeroportida xonanda va Uzbekistan Airways elchisi Sevara Nazarxon ishtirokida tantanali tadbir tashkil etildi. Oradan bir oy o‘tib Uzbekistan Airways yo‘lovchilari dunyoning eng go‘zal shaharlaridan biri bo‘lgan Rimga sayohat qilish imkoniga ega bo‘ldi. Eslatib oʻtamiz, Rim va Milan mavsumiy parvozlar amalga oshiriladigan shaharlar qatoriga kiradi. Rim tatillarini Italiya shaharlarida oʻtkazish imkoniyatini boy bermang.

Sovuq havo boshlanishi bilan Uzbekistan Airways yo‘lovchilari qishki ta’tilni tropik jannat – Kuala-Lumpurda o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Toshkent va Malayziya poytaxti oʻrtasidagi munosabatlar mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoʻlga qoʻyilgan: Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Kuala-Lumpurga parvozlarni 1992-yilda amalga oshirishni boshlagan. Biroq, 2020-yilda koronavirus pandemiyasi tufayli o‘zgarishlar paydo boʻldi va parvozlar to‘xtatildi. Oradan ikki yil o‘tib, 1-noyabr kuni Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti Uzbekistan Airways yo‘lovchilari uchun o‘z eshiklarini ochdi. Yil davomida yoz hukmronlik qiladigan mamlakatga har seshanba va juma kunlari Toshkentdan parvoz qilish mumkin.

Agar yaqinlashib kelayotgan qishki ta’til uchun yo‘nalish tanlashda qiynalayotgan bo‘lsangiz, Davlat statistika qoʻmitasining yangi maʼlumoti sizga yordam beradi. Unda (https://t.me/statistika_rasmiy/3008 ) oʻzbekistonliklar orasida mashhur dam olish maskanlari ro‘yxati keltirilgan. 2022-yilda Turkiya eng sevimli davlatga aylandi, unga 202,1 ming O‘zbekiston fuqarosi tashrif buyurdi. Keyingi o‘rinda – BAA 87,9 ming fuqaro, Saudiya Arabistoni esa 49 ming sayohatchilar bilan uchinchi o‘rinni egallagan. Ro‘yxatga Uzbekistan Airways aviakompaniyasi muntazam qatnovlarni amalga oshiradigan Janubiy Koreya, AQSh, Gruziya, Hindiston va Germaniya ham kiritilgan.

Kelgusi 2023-yilda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekiston shaharlari va dunyoning mashhur davlatlari o‘rtasida yanada ko‘proq parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlarimiz, rasmiy veb-saytimiz orqali kuzatib boring va Uzbekistan Airways bilan dunyoni kashf eting.

Aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki www.uzairways.com rasmiy saytidan 3% chegirma bilan xarid qilib olishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling