Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Jiddaga muntazam aviaqatnovlari

2023 10 Avgust
600
Ulashing

2023-yil 4-sentabrdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Jiddaga va ortga qaytuvchi muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu Makka va Madinaning musulmon ziyoratgohlariga tez va qulay tarzda borish imkonini beradi!  

Muqaddas qadamjolarga ziyorat qilishni istagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kirish vizalarini berish tartibi soddalashtirilganligini hisobga olgan holda, yoʻlovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Jiddaga har kuni muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Taʼkidlash joizki, endi Oʻzbekiston fuqarolari Saudiya Arabistonining Qirollik turizm vazirligi portali orqali vizani onlayn tarzda olishlari mumkin.

Jiddaga parvozlar har kuni quyidagi jadvallarga asosan amalga oshiriladi:

Dushanba, chorshanba, juma, yakshanba

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 19:05
  • Jiddaga yetib kelish soat 22:15
  • Jiddadan jo‘nab ketish soat 23:45
  • Toshkentga yetib kelish (keyingi kun) soat 06:30

Seshanba, shanba

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 18:45
  • Jiddaga yetib kelish soat 21:15
  • Jiddadan jo‘nab ketish soat 23:45
  • Toshkentga yetib kelish (keyingi kun) soat 06:30

Payshanba

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 09:15
  • Jiddaga yetib kelish soat 12:25
  • Jiddadan jo‘nab ketish soat 14:00
  • Toshkentga yetib kelish soat 20:45

Ushbu yo‘nalishdagi aviachiptalar qaytarilmaydigan tarif ekanligiga e’tibor berishingizni va ularni rasmiylashtirishdan oldin qaytarish hamda qayta bron qilish cheklovlari bilan diqqat bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com saytida 3% chegirma bilan sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, Toshkentdan Jiddaga va boshqa yo‘nalishlardagi parvozlar uchun aviachiptalarni UzAirways ilovasi, “Uzbekistan Airways Sales” filiali yoki aviakompaniya agentlari orqali xarid qilishingiz mumkin.

PDF-ni yuklab oling