Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways aviaparki yana bitta Airbus A320neo bilan to‘ldirildi

2023 27 Iyul
1784
Ulashing

Bugun, 2023-yil 27-iyul kuni poytaxt aeroportida navbatdagi Airbus A320neo tantanali ravishda kutib olindi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘n to‘qqizinchi Airbus havo kemasini qabul qilib olganini ma’lum qiladi. Yangi avialayner ishlab chiqaruvchining Tuluzadagi zavodida Uzbekistan Airways kompaniyasiga topshirildi. An’anaga ko‘ra, yangi havo kemasi Toshkent aeroportida suv arkasi bilan kutib olindi. Havo kemasi standart bir toifali komponovka tartibida 186 yo‘lovchini tashish uchun mo‘ljallangan.

FOTO 1

 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Airbus A320neo o‘z sinfidagi eng yaxshi o‘rta masofali havo kemasi bo‘lib, barcha xavfsizlik va ishonchlilik talablariga javob beradi. Bu avvalgi avlod havo kemalariga qaraganda 15% tejamkor, karbonad angidrid chiqarishi esa xalqaro standartlarga muvofiq me’yordan 50% kamroq.

 

FOTO 2

“Umumiy hisobda, joriy yil oxiriga qadar biz ushbu turdagi beshta havo kemasini qabul qilib olishni rejalashtirganmiz. Bugun esa ikkinchisini kutib olmoqdamiz, birinchisi 16-iyun kuni O‘zbekistonga yetib kelgan edi va darhol parvozlar jadvaliga kiritilib, xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda” – dedi Shuxrat Xudaykulov, “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi.  

 

FOTO 3

Aviaqatnovlarga boʻlgan talab yuqori boʻlgan bir paytda yangi havo kemalari bizga hozirdanoq vaqtni samarali rejalashtirish va yangi yoʻnalishlarni ochish masalalarini hal qilishga yordam beradi. Kelgusida aviakompaniya ularni biznes klass bilan ikki toifali komponovkaga aylantirish ustida ish olib boradi. Shuningdek, yaqin kelajakda brend livreyani yangilash rejalashtirilgan, shuning uchun o‘n sakkizinchi va o‘n to‘qqizinchi havo keamalari soddalashtirilgan fyuzelyaj ko‘rinishida qabul qilinmoqda. Aviakompaniya yangi havo kemasidan Toshkent shahri va viloyatlardan amalga oshiriladigan aviaqatnovlarda foydalanishni rejalashtirmoqda. Avialayner BOC Aviation kompaniyasi tomonidan uzoq muddatli ijara asosida yetkazib berildi.

FOTO 4

Shunday qilib, aviakompaniya parkida 30 dan ortiq Boeing va Airbus samolyotlari, jumladan, ikkita A-330 hamda O‘zbekiston bo‘ylab parvozlarni amalga oshirish uchun chexiya ishlab chiqaruvchisidan sotib olingan, qisqa masofaga parvoz qiluvchi L410 havo kemalari mavjud.  

FOTO 5

Havo kemalari sonining ortishi munosabati bilan aviakompaniya yangi uchuvchilar va bort kuzatuvchilarni tayyorlash bo‘yicha samarali ishlarni bajarib kelmoqda. “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MCHJ mutaxassislari va Uzbekistan Airways uchuvchi-instruktorlari tomonidan esa ekipaj a’zolarini sifatli o‘qitish va aviakompaniyada faoliyat olib borish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Yangi avialaynerni Uzbekistan Airways rahbariyati va xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, aviaspotterlar va Toshkent davlat transport universitetining aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabalari kutib oldi. 

 

PDF-ni yuklab oling