2021-yilning 20-oktabr kuni «Uzbekistan Airways» AJ O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 2021-yilning birinchi yarim yilligi sotuv natijalariga ko‘ra eng yaxshi agentlarga mukofotlarni topshirdi. Marosim aviakompaniyaning bosh ofisida boshqaruv kengashi va Uzbekistan Airways Sales agentlari ishtirokida oʻtkazildi.
«Bugungi kunda aviakompaniyaning asosiy maqsadi – yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, havo transporti aviachiptalari savdosi hajmining oshishi, shuningdek ushbu tizimda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, onlayn xizmatlar koʻlamini kengaytirish», – dedi Boshqaruv Raisining savdo va turizm bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Xudayqulov.
Tadbir doirasida joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra sezilarli savdo hajmiga erishgan, ayni paytda yo‘lovchilarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatgan 60 dan ortiq agentlarga mukofotlar topshirildi.
«Uzbekistan Airways» AJ 2021-yil birinchi yarim yilligida aviaqatnovlar aviachiptalari sotuvlari bo‘yicha agentlarning sermahsul faoliyati tufayli, agentlik tarmog‘ining umumiy sotuv hajmidagi qismi 800 milliard soʻmdan oshdi.
Aviatashuvlar sotuvlari boʻyicha agentlarini sotish hajmida yuqori natijalarga erishishni rag‘batlantirish va O‘zbekistonda agentlik tarmog‘ini yanada rivojlantirish maqsadida taklif etilgan kompaniyalar rahbarlari faxriy yorliq va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Telegram: t.me/uzbekistanairways