Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways “Haj-2024” dasturi doirasida parvozlarni amalga oshirishga tayyor

2024 17 May
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi bilan birgalikda “Haj-2024” dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga charter yo‘lovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi.

23-maydan 7-iyunga qadar “Haj” dasturi boʻyicha marosimlarni bajarish istagida boʻlgan ziyoratchilar Oʻzbekistonning 10 ta mintaqaviy xalqaro aeroportlaridan, xususan, Toshkent, Namangan, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlaridan Madina shahriga yetkaziladi.

Jiddadan O‘zbekiston Respublikasi shaharlariga qaytuvchi parvozlar esa 22-iyundan 12-iyulga qadar bajarilishi rejalashtirilgan.

Aviakompaniya va O‘zbekiston Musulmonlari idorasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, joriy yilda 124 ta charter yo‘lovchi parvozlarini amalga oshirish va 15 130 nafar ziyoratchini tashish rejalashtirilgan.

Uzbekistan Airways’ning “Haj-2024” dasturi doirasidagi barcha aviaqatnovlari Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi.

Ta’kidlash joizki, respublika aeroportlarida ro‘yxatdan o‘tish vaqtida yo‘lovchilar issiq nonushta bilan ta’minlanadi. Parvoz davomida esa O‘zbekiston Musulmonlari idorasi talablarini inobatga olgan holda tayyorlangan maxsus taomlar tarqatiladi.

Bundan tashqari, Uzbekistan Airways Sales filiali tomonidan O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga ziyoratchilarni olib borish davrida kassirlarning kechayu kunduz ishlashi tashkil etilgan. 

PDF-ni yuklab oling