Aviakompaniyaning Hindistondagi vakillari 11-13 sentabr kunlari Mumbayda bo‘lib o‘tgan ITB India 2024 ko‘rgazmasining muvaffaqiyatli yakunlanishi munosabati bilan agentlar va biznes hamkorlar uchun ziyofat uyushtirdi. Uchrashuvning faxriy mehmonlaridan biri O‘zbekistonning konsuli va Mumbaydagi Jahon savdo markazi raisi Vijay Kalantri bo‘ldi. Kecha mashhur Marin-Drayv sohili qarshisida joylashgan “The Ambassador” mehmonxonasining restoranida o‘tkazildi.
Kechki taom dasturxoniga taklif etilgan mehmonlar kelajakdagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar, ikki xil – qo‘y go‘shtli va vegetarian usulda tayyorlangan mashhur o‘zbek palovidan tatib ko‘rdilar hamda Xorazm musiqa ansambli ijrosidan bahramand oldilar.