Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Mumbaydagi ilk ko‘rgazmasini muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda

2024 12 Sentabr
Ulashing

Uzbekistan Airways stendi Hindistonning turli shaharlaridan turizm sanoatining asosiy yetakchilari va xaridorlarini, shuningdek, MICE, Leisure va Corporate segmentlarining xalqaro vakillarini birlashtirgan ITB India 2024 xalqaro ko‘rgazma va konferensiyasining bir qismiga aylandi. Tadbir 11-13 sentabr kunlari Mumbaydagi eng yirik ko‘rgazma majmualaridan biri bo‘lgan Jio World Convention Centre’da bo‘lib o‘tadi.

alt

Ko‘rgazmaning asosiy tashkilotchilaridan biri Berlindagi yirik ko‘rgazma obyektlari operatori hisoblangan Germaniyaning Messe Berlin kompaniyasi bo‘ldi. Messe Berlin katta vitse-prezidenti Devid Ruets ochilish marosimidagi nutqida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

“Keyingi uch kun “Uch K” – kontakt, kontent va kommersiya (aloqa, kontent va tijorat) deb nomlangan sehrli formulaga muvofiq o‘tadi. ITB India Hindiston bozorini o‘rganishni istagan biznes vakillari uchun cheksiz imkoniyatlarni taklif etadi”.

alt

Keyinchalik, Devid Ruets Germaniya Federativ Respublikasi Bosh konsulining o‘rinbosari Kristof Rendtorff bilan birga O‘zbekiston Respublikasi stendi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlar uchun maxsus tarzda Xorazm ansambli jo‘shqin musiqa dasturi bilan chiqish qildi.

Foto5

Foto7

Ko‘rgazmaning birinchi kunidayoq 160 ta mahalliy va xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirdi va Uzbekistan Airways vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Aviakompaniya stendi atrofida 50 ta kompaniya bo‘lib, ular orasida mehmonxona biznesi vakillari, BAA, Ispaniya, Tayvan, Tailand, Germaniya, Eron, Malayziya sayyohlik kompaniyalari, mobil aloqa operatorlari, aviachiptalar savdosi bo‘yicha xizmatlar, dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi kompaniyalar va boshqa tashkilotlar o‘z stendlarini namoyish etishmoqda.

alt

“O‘ylaymanki, O‘zbekiston Respublikasi stendi milliy taomlari, madaniyati va mehmondo‘stligini namoyish etishi bilan boshqa stendlardan ajralib turdi,” – deb o‘rtoqlashdi “Arya Enterprises” BSP-konsolidatori Ajay Arya.

ITB India 2024’ning birinchi kuni tantanali uyushtirilgan kechki tushlik bilan yakunlandi, unda Xorazmlik musiqa ansambli o‘z chiqishi bilan yana bir bor ko‘rgazma ishtirokchilarining qalbini zabt etdi.

alt

alt

PDF-ni yuklab oling