Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways parvozlar samaraligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish faoliyatini raqamlashtirishni davom ettiradi

2023 13 Dekabr
Ulashing

AVIAKOMPANIYA SITA MISSION WATCH YANGI AVLOD PARVOZLARNI KUZATISH TEXNOLOGIYASINI JORIY ETADI

 

2023-yil 29-noyabr – Uzbekistan Airways ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda parvozlarni boshqarish jarayonlarini optimallashtirishda davom etmoqda: kompaniya SITA Mission Watch tizimini joriy etish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Texnologik yechim aviakompaniya samaradorligini oshiradi va jarayonning yanada moslashuvchanligini ta’minlaydi, ob-havo bilan bog‘liq hodisalarning oldini olishda har yili 600 000 AQSH dollaridan ortiq mablag‘ni tejashga imkon beradi va yoqilg‘i sarfini 300 tonnaga kamaytiradi.   

SITA Mission Watch – bu parvozlarni boshqarish markazi va aviadispetcherlar tomonidan qo‘llaniladigan parvozlarni kuzatishning yangi avlod texnologiyasi. Mahsulot talqin qilish va qaror qabul qilishni osonlashtirish uchun maxsus ob-havo hodisalari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lgan grafik jihatdan optimallashtirilgan holda parvoz yo‘nalishlarini ham, tegishli hodisalarni ham tahlil qilish imkonini beradi.

SITA Mission Watch’ning eng yaxshi ob-havo tizimi turli manbalardan olingan prognozlardan foydalanadi. Bu aviakompaniyaga yo‘nalishlarni aniqroq rejalashtirish, shuningdek, parvozlarni bekor qilish holatlarini boshqarish imkonini beradi. Integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan texnologiya dispetcherlarga reyslarning xavfsiz hamda o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlash va noqulay ob-havo bilan bog‘liq xarajatlarni oldini olish uchun o‘zgaruvchan sharoitlarga tezda javob berishga imkon beradi.

Ob-havoga bog‘liq xavflarning ortishi parvozlar kechikishining asosiy sababi bo‘lib, har yili aviatsiya sanoatiga taxminan 1 milliard dollar zarar keltiradi. Kechikishlar esa yo‘lovchilar mamnun bo‘lishiga va aviakompaniya brendi obro‘siga salbiy ta’sir qiladi. SITA Mission Watch’ning asosiy noyob qobiliyati – bu bir nechta ob-havo provayderlarining yagona birlikka integratsiyalashuvidir, bu esa parvoz holatini talqin qilishni soddalashtiradi. Bu aviakompaniyalarga qaror qabul qilishda moslashuvchanlikni saqlab qolish va tezlikni oshirish imkonini beradi.

Ob-havo haqida batafsil ma’lumotlar, masalan, favqulodda vaziyatlarda yoqilg‘idan samaraliroq foydalanishga yordam beradi. Bu kabi tejamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 20 ta havo kemasiga ega aviakompaniya SITA Mission Watch yordamida yiliga 150 tonnaga yaqin yoqilg‘i tejashi mumkin.

Shuhrat Xudayqulov, “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi: “Biz SITA’ni sohadagi tajriba va ishonchli raqamli mahsulotlari uchun tanladik. SITA Mission Watch aviadispetcherlarimiz uchun parvozlarni rejalashtirish va xavfsizlikni taʼminlash, shu jumladan ob-havo oʻzgarishlari tufayli yuzaga keladigan qiyinchiliklarga moslashish qobiliyatini taʼminlash uchun asosiy operatsion yechim boʻladi”.

“Ob-havo sharoiti tufayli parvoz belgilangan vaqtida bajarmasligi kabi turli kamchiliklar aviakompaniyalarga yoqilg‘i, havo kemalarni ta’mirlash, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lash xarajatlari bo‘yicha katta yo‘qotishlar keltirmoqda. Bizning texnologik yechimlarimiz aviakompaniyalarga inqirozlarni oldindan ko‘ra bilishda yordam berish, shu bilan birga havo kemasi xavfsizligi va ekspluatatsiya samaradorligini oshirish uchun mo‘ljallangan” – deya ta’kidlab o‘tdi Yann Kabare, SITA FOR AIRCRAFT Bosh direktori.

 

SITA kompaniyasi haqida

SITA – havo transporti sohasi uchun axborot texnologiyalari provayderi boʻlib, aviakompaniyalar, aeroportlar, havo kemalari va hukumatlar uchun yechimlar taklif etadi. Uning texnologiyalari yanada qulay, xavfsizroq va ekologik yaxshi sayohatni ta’minlaydi.   

SITA 2500 ga yaqin mijozlarga ega hamda uning yechimlari 1000 dan ortiq aeroportlarning ish samaradorligini oshiradi va 17 000 ta avialaynerdan iborat global aviatsiya ekotizimiga ulanish imkonini beradi. SITA shuningdek, 70 dan ortiq hukumatlarga chegara xavfsizligini uzluksiz sayohat bilan muvozanatlashda yordam beradigan texnologik yechimlarni taqdim etadi. Uning aloqa tarmog‘i dunyoning barcha burchaklarini bog‘laydi va havo transporti hamjamiyatining kommunikatsiyalarining 60 % tashkil qiladi.  

2021-yilda SITA uglerod neytral dasturlari boʻyicha dunyodagi yetakchi standart boʻlgan CarbonNeutral Protocol boʻyicha CarbonNeutral® sertifikatiga ega boʻldi. Biz BMT tomonidan eʼtirof etilgan Planet+ dasturi doirasida barcha operatsiyalarimiz boʻylab issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirmoqdamiz va aviatsiya sanoatiga uglerod gazini kamaytirish boʻyicha maqsadlariga erishishga, jumladan, yoqilgʻi sarfini kamaytirish va ish samaradorligini oshirishga yordam beradigan yechimlar ishlab chiqmoqdamiz. 2022-yilda biz Net-Zero Standard tashabbusiga muvofiq emissiyalarni ilmiy asoslangan qisqartirish maqsadlarini belgilash rejamizni e’lon qildik.

SITA 100% sanoatga tegishli va uning ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadi. U 200 dan ortiq mamlakat va hududlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi dunyodagi eng ko‘p millatli kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Qo‘shimcha ma’lumot http://www.sita.aero veb-saytida mavjud.

SITA O‘zbekistonda

SITA O‘zbekiston bozorida 1992-yildan beri Uzbekistan Airways bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, o‘z ishtirokini va milliy aviatsiya sanoati vakillari bilan hamkorlikni doimiy ravishda kengaytirib kelmoqda. 

SITA’ning mintaqadagi vazifasi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sohasida IT-yechimlarni taqdim etish, bagajni ishlab chiqish va parvoz operatsiyalari bajaruvchi aviakompaniya sanoatining yuqori darajadagi raqamli transformatsiyasini taʼminlashdan iborat.

SITA texnologiyalaridan respublikaning barcha yirik aviakompaniyalari – Uzbekistan Airways, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yaqinda tashkil etilgan aviakompaniyalar, xususan: Qanot Sharq, Centrum Air (My Freighter), Panorama Airlines, Sam Air foydalanadi. Bu parvoz paytida ham yuqori sifatli aloqani taʼminlash boʻyicha yechimlar, shuningdek, aviakompaniyaning ishlab chiqarish faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha innovatsion ishlanmalar – real vaqt rejimida samolyotlarni kuzatishdan tortib parvozning barcha bosqichlarida yoqilgʻi samaradorligini hamda mobil aloqani taʼminlashgacha degani.

Mamlakat ichida SITA Uzbekistan Airports, Air Marakanda va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi kabi boshqa mijozlar bilan ham hamkorlik qiladi.

PDF-ni yuklab oling