Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Sixt bilan hamkorlikda avtomobil ijarasi xizmatini yo‘lga qo‘ydi

2024 19 Avgust
190
Ulashing

Xizmat transport vositalarining keng turlarini, yuqori darajadagi servis va ishonchlilikni taqdim etadi. Mazkur xizmatdan www.uzairways.com saytida foydalanish mumkin.

Uzbekistan Airways avtomobil ijarasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi nufuzli xalqaro kompaniya Sixt bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini e’lon qiladi. Hamkorlik doirasida aviakompaniya yo‘lovchilari ixcham modellardan tortib hashamatli yo‘ltanlamaslargacha bo‘lgan avtomobillarning keng tanlovidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xizmatning boshqa afzalliklari: qulay narxlar, moslashuvchan ijara shartlari, kelganda to‘lovni amalga oshirishda bepul bekor qilish va bandlovni o‘zgartirish imkoniyati, shuningdek, 24/7 xizmat ko‘rsatish.

Foto1

Avtomobil ijarasi xizmatidan foydalanish uchun www.uzairways.com saytiga kirib, "Avtomobil buyurtmasi" tugmasini bosish kerak. Avvalo, transportni olish va qaytarish vaqti, sanasi, joyini ko‘rsatish, so‘ngra ijarani rasmiylashtirish uchun barcha zarur maydonlarni to‘ldirish lozim.

Sixt 100 yillik tajribaga ega, 100 ta mamlakatda vakolatxonalari va butun dunyo bo‘ylab 2200 ta ijara shoxobchalari mavjud bo‘lgan Yevropa va dunyodagi eng qadimiy hamda eng nufuzli avtomobil ijarasi kompaniyalaridan biridir.

Uzbekistan Airways bilan sayohatni rejalashtiring va Sixt bilan istalgan yo‘nalishda erkin harakatlaning!

Foto2

Sayt: uzairways.com

Facebook: fb.com/uzairways.official

Instagram: @uzairways

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling