“Uzbekistan Airways” AJ “O‘quv-mashq markazi” MChJda 2024-yil 15-maydan Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash kurslarida o‘qitish uchun nomzodlardan hujjatlar qabul qilishni boshlanadi.
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportiga ega bo‘lishi;
- Ariza berish vaqtida 20 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lish. “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi raisining, “Uzbekistan Airways” AJ xodimlari va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaeronavigatsiya” markazi ruxsati bilan yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlarda kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lishi sharti bilan 40 yoshgacha bo‘lgan nomzodlarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan belgilangan, TUEK sertifikati bilan tasdiqlanuvchi tibbiy talablarga muvofiq uchuvchi vazifalarini bajarishga layoqatli bo‘lishi;
- Texnik ixtisoslik bo‘yicha to‘liq oliy ma’lumotga (kamida bakalavr) ega bo‘lishi;
- O‘quv dasturini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan hajmda davlat va rus tillarini bilishi;
- Ingliz tilini bilish bo‘yicha amaldagi milliy yoki xorijiy sertifikatlardan biri tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturini o‘zlashtirish uchun yetarli darajada ingliz tilini bilishi:
- IELTS bo‘yicha 6 va undan yuqori darajalar bilan;
- TOEFL (iBT) 79 va undan yuqori darajalar bilan;
- CEFR bo‘yicha B2 va undan yuqori daraja;
- CAE bo‘yicha FCE darajasi va undan yuqori;
- ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha 4 va undan yuqori darajali bo‘lishi;
- “Harbiy xizmatga yaroqli” belgisi bilan harbiy guvohnomaga ega bo‘lishi;
- Jinoyat sodir etganlik uchun sudlanmagan yoki to‘lanmagan jinoiy javobgarlikka ega bo‘lmasligi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan oliy texnik ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda, Xorijiy oliy bilim yurtini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom hujjatlar topshirilgan paytga qadar belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilinishi lozim.
Sanab o‘tilgan shartlardan birortasi bajarilmasa, hujjatlar qabul qilinmaydi, ushbu talablardan hech qanday chekinishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlarni qabul qilgandan so‘ng, nomzodlar tibbiy ko‘rikdan, kasbiy-psixologik tanlovdan va oliy matematika va fizika bo‘yicha imtihonlardan o‘tadilar.
Batafsil maʼlumotni www.aviatraing.uz sayti yoki (71)2553403 yoki (71)2553402 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.