Uzbekistan Airways vakillari Olmaota shahrining kuni munosabati bilan har yili o'tkaziladigan “Alma Fest” festivalida ishtirok etdilar. Bayram tadbirida 30 mingga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Ularning aksariyati O‘zbekiston chodiriga tashrif buyurib, u yerda respublika amaliy san’ati buyumlari ko‘rgazmasi va mamlakatning sayyohlik salohiyati, shuningdek, aviakompaniya mahsulotlari namoyish etildi.
Mehmonlar mamlakatimiz haqida ma’lumotga ega bo‘lish bilan bir qatorda, mashhur o‘zbek oshxonasining taomlarini – an’anaviy palovdan tortib O‘zbekistondan keltirilgan sharqona shirinliklarni tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.