Uzbekistan Airways har yili O‘zbekistonda nishonlanadigan “Yer vaqti” xalqaro tashabbusiga bag‘ishlangan ramziy ekologik aksiyani o‘tkazdi.
Tadbir doirasida kompaniya xodimlarining ish joylarida bir soat davomida chiroqlar o‘chirildi. Ushbu aksiya ekologiya muammolariga va tabiiy resurslarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga e’tiborni jalb qilishga qaratilgan.
“Yer vaqti” global tashabbus bo‘lib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda birgalikdagi sa’y-harakatlarning muhimligini anglatadi. Uzbekistan Airways ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi va o‘z faoliyatiga barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etishga intiladi.