- agar bu parvozlar xavfsizligi va yo‘lovchilar salomatligi uchun zarur bo‘lsa;
- tashuvlar uning hududida, hududidan yoki hududi orqali amalga oshirilayotgan har
- qanday mamlakat davlat organlarining tegishli qonunlari, qarorlari, qoidalari va
- farmoyishlari buzilishining oldini olish maqsadida;
- yo‘lovchi Tashuvchi qoidalari, yo‘riqnomalari va ko‘rsatmalarining
- talablarini bajarishni rad etishi munosabati bilan;
- yo‘lovchining bemorligi tufayli, agar uning salomatligi o‘zi va atrofidagilar uchun
- xavf tug‘dirgan taqdirda;
- agar yo‘lovchi noto‘g‘ri rasmiylashtirgan hujjatlarga ega bo‘lsa.
Shuningdek:
- xavf tug‘diruvchi yoki boshqa shaxslar va ularning mulkiga zarar keltiririshi
- mumkin bo‘lgan shaxslarga;
- mast holdagi yoki narkotik modda iste’mol qilgan yo‘lovchiga;
- hatti-harakati bilan aviatransportdan foydalanishning belgilangan qoidalarini
- buzayotgan yo‘lovchiga.
- Shu bilan bir qatorda, ayrim hollarda, yo‘lovchiga Tashuvchining aybi bilan band qilingan qatnovda tashish rad etilgan chog‘da, oxirgi bo‘lib qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi yoki belgilangan me’yorlar bo‘yicha tovon to‘lanishi mumkin.
Chipta unda ko‘rsatilgan parvoz va sana uchun hamda chipta kimning nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga yaroqlidir.
Tashuvning foydalanilmagan qismi uchun to‘la yoxud qisman pul, agar tashuv hech qaysi qismda bajarilmagan, yoki parvoz qilingan kundan tashuvning birinchi qismida bajarilmagan bo‘lsa (agar Tariflarni qo‘llash qoidalarida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa), chipta berilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida chipta xarid qilingan joydan to‘lanadi.