Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Aviakompaniya yoshlar yetakchisi saylovini o‘tkazdi

2023 5 Avgust
1
Ulashing

Uzbekistan Airways’da yoshlar yetakchisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Aviakompaniyadagi yoshlar rivojlanish va o'sishda muhim rol o'ynaydi. Rahbarning saylanishi kompaniya faoliyatining barcha jabhalarida yosh mutaxassislarning ovozi uchun muhim qadamdir.

Saylov demokratik formatda o‘tkazildi, Unda Uzbekistan Airways’ning 35 yoshgacha bo‘lgan har bir xodimi ishtirok etish va o‘z vakiliga ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Uch nafar nomzod yoshlar harakatini rivojlantirish, kompaniyaning muhim loyiha va tashabbuslariga yosh mutaxassislarni jalb etish samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z g‘oyalarini taqdim etdi.

Ovozlar hisoblangandan so‘ng, ikki yarim yil muddatga aviakompaniya yoshlari yetakchisi etib Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi Ijtimoiy siyosat bo‘limi mutaxassisi Muxtarov Ahmadbek Ulug‘bek o‘g‘li g‘olib deb topildi. Ahmadbek yangi lavozimida asosiy e’tiborni kompaniyadagi yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga, shuningdek, ularni yuqori boshqaruv darajasida namoyon etishga qaratadi.

Uzbekistan Airways Ahmadbekni tanlanganligi bilan tabriklab, unga yoshlar bilan ishlashda muvaffaqiyatlar tilaydi. Umid qilamizki, uning rahbarligida kompaniya yoshlari umumiy maqsadlarga erishish uchun yangi g‘oyalar, energiya va innovatsiyalarni taqdim etib, gullab-yashnaydi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan barcha nomzodlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ularning Uzbekistan Airways rivojida ishtirok etishga intilishlari ulardagi yuksak professionallik va fidoyilikdan dalolat beradi.

Aviakompaniya yoshlar potentsialni rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlarni amalga oshirishni davom ettiradi hamda qo‘llab quvvatlaydi. Biz jamoamizdagi yoshlar bilan faxrlanamiz va aviakompaniyamiz kelajagi ularning qo‘lida ekanligiga ishonamiz.

PDF-ni yuklab oling