Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Aviatsiya faхriylari hamisha e’zozda!

2021 10 May
154
Ulashing

Ikkinchi jahon urushi yillarida, nafaqat jang maydonlarida, balki front ortida mehnat qilib, matonat ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular orasida urush yillari hali 14 yoshli o‘spirin yigit bo‘lishiga qaramay, front ortidagi mehnatlari bilan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan Leonid Klochko ham bor. Har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan ham ana shunday mehnat faxriylarining ahvolidan xabar olib, ularga hurmat ehtirom ko‘rsatish yaxshi an’anaga aylangan.

Joriy yilda ham ushbu bayram arafasida aviakompaniya ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari hamda korxona yoshlar ittifoqi faollari uzoq yillar davomida fuqaro aviatsiyasi sohasida faoliyat yuritgan, hozirda tabarruk 93 yoshni qarshi olgan mehnat faxrijsi Leonid Mihaylovich xonadonida bo‘ldilar.

9may

Uchrashuv davomida qahramonimiz vatan ozodligi yo‘lida janggohlarda jon olib jon bergan ota-bobolarimizning bugungi dorilomon kunlarga yetib kelishimizdagi ahamiyati nechog‘lik muhim bo‘lgani borasida so‘z yuritib, yoshlarni hozirgi tinch va farovon kunlarimizning qadriga yetishlari va uni asrab-avaylashlari lozimligini ta’kidladi. 

Troitsk, Sasovsk, Leningrad shaharlaridagi fuqaro aviatsiyasi bilim yurtlarini tamomlagach, uzoq yillar sohada samarali mehnat qilgan Leonid Mihaylovich faoliyati davomida Il-12, Il-14, Il-18, Tu-134 samolyotlarini komandir sifatida mohirona boshqargan. Birinchi darajali uchuvchi jami 14 mingdan ortiq parvoz soatiga egadir. Unga shuningdek, O‘quv-mashq markazi komandiri yordamchisi, Toshkent aeroporti boshlig‘i smena o‘rinbosari, MAK Markaziy ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati parvozlarni tezkor rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i, MAK Bosh direktori birinchi o‘rinbosari yordamchisi singari o‘ta mas’uliyatli lavozimlar ham ishonib topshirilgan. 

Samimiy suhbat davomida front ortida ko‘rsatgan matonati hamda g‘alabaga qo‘shgan hissasi uchun Leonid Klochkoga minnatdorchilik bildirildi hamda otaxonga “Uzbekistan Airways” AJ ma’muriyati, kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari hamda korxona yoshlar ittifoqi faollari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

PDF-ni yuklab oling