Hozircha nimalar ma’lum?
- Aviakompaniya vakillari Malaysia Airlines bilan Code-share bitimini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar va Singapur sayyohlik kompaniyalari bilan aloqalar oʻrnatdilar.
- Malayziyadagi aviakompaniya agentlariga O‘zbekiston Respublikasi shaharlariga sayohatlar va ziyorat joylariga tashrif buyurishni o‘z ichiga olgan – yangilangan “Umra+” dasturi taqdim etildi.
- Malayziyaning yangi sayyohlik kompaniyalari bilan kelishuvlar imzolandi, unga ko‘ra, Uzbekistan Airways yo‘lovchi tashish bo‘yicha joriy talablardan tashqari 2025-yil davomida qo‘shimcha 1500 nafargacha sayyohlar tashuvini amalga oshiradi.