Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Samarqand xalqaro aeroportining yopilishi

2022 4 Noyabr
54
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati Samarqand xalqaro aeroportining texnik sabablariga ko‘ra joriy yilning 8-noyabr soat 00:01dan 12-noyabr soat 00:01gacha “Uzbekistan Airways” AJning rejalashtirilgan HY045/046 Toshkent – Samarqand – Toshkent, HY9605/9606 Samarqand – Moskva – Samarqand, HY639 Samarqand – Sankt-Peterburg, HY639/640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand, HY275/276 Samarqand – Istanbul – Samarqand aviqatnovlarining yetib kelishi va jo‘nab ketishi Navoiy xalqaro aeroportidan amalga oshirilishini ma’lum qiladi. Shuningdek, HY049/050 Andijon – Samarqand – Andijon, HY047/048 Samarqand – Namangan – Samarqand va HY072/071 Farg‘ona – Samarqand – Farg‘ona aviaqatnovlari esa bekor qilinadi.

Yo‘lovchilar bekor boʻlgan parvozlar aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz.

 

PDF-ni yuklab oling