Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“Sharqiy” xab – Fargʻona vodiysi shaharlaridan foyda bilan sayohat qiling

2021 29 Dekabr
Ulashing

Uzbekistan Airways tomonidan “Sharqiy" xab tashkil etilishining asosiy maqsadi – Fargʻona vodiysidan talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha parvoz qilish uchun shart-sharoitlar yaratish. Loyihaga koʻra, aviakompaniya mintaqadan Rossiya Federatsiyasi va Fargʻona vodiysi aholisi orasida mashhur boʻlgan uzoq xorij shaharlariga yoʻnalish tarmogʻini kengaytirish maqsadida Namangan va Fargʻona shaharlarining xalqaro aeroportlaridan foydalanadi.

2022-yilning 31-yanvaridan boshlab aviakompaniya Uzbekistan Airways Express havo kemalarida Full Economy (toʻliq iqtisodiy sinf) tamoyili asosida Namangandan Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar va Yekaterinburgga toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Talab oshgani sayin, Namangandan yoʻnalish tarmogʻini kengaytirish ham koʻrib chiqiladi.  

Shuni ham ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda Fargʻona shahar xalqaro aeroportidan Moskva, Qozon va Istanbulga aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda, va bu “Sharqiy” xab tashkil etilishining birinchi bosqichi boʻlib xizmat qildi. “Sharqiy” xabni rivojlantirishning ikkinchi bosqichi yakunlangach – Namangandan parvozlarni amalga oshirish boshlangandan soʻng, Uzbekistan Airways uchinchi bosqichga – Fargʻona shahridan parvozlar sonini koʻpaytirish, shuningdek Fargʻona xalqaro aeroportidan yoʻnalish tarmogʻini kengaytirishga oʻtadi. Shu bilan birga, Fargʻonadan pavozlar faqat klassik (biznes va iqtisodiy sinflar) aviaqatnovlar asosida tashkil etiladi.

Bugungi kundagi Namangan shahridan Rossiya Federatsiyasi shaharlariga yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar uchun aviachiptalar narxi va aviaqatnov kunlari quyidagicha:

Namangan – Moskva – Namangan parvozlari haftasiga besh marta – dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi:

  • Namangan – Moskva, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 582 000 soʻmdan.
  • Namangan – Moskva, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 1 717 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Perm – Namangan, parvozlar shanba kunlari amalga oshiriladi:

  • Namangan – Perm, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 816 000 soʻmdan.
  • Namangan – Perm, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 023 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Samara – Namangan, parvozlar shanba haftasiga ikki marta – yakshanba, dushanba, chorshanba, payshanba (keyingi kunga oʻtadigan tungi parvozlar) kunlari amalga oshiriladi:

  • Namangan – Samara, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 728 000 soʻmdan.
  • Namangan – Samara, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 1 899 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Omsk – Namangan, parvozlar juma kunlari amalga oshiriladi:

  • Namangan – Omsk, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 829 000 soʻmdan.
  • Namangan – Omsk, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 036 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Orenburg – Namangan, parvozlar dushanba kunlari amalga oshiriladi:

  • Namangan – Orenburg, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 838 000 soʻmdan.
  • Namangan – Orenburg, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 046 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Irkutsk – Namangan, parvozlar chorshanba kunlari amalga oshiriladi:

  • Namangan – Irkutsk, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 2 053 000 soʻmdan.
  • Namangan – Irkutsk, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 297 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Krasnodar – Namangan, parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi:

  • Namangan – Krasnodar, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 813 000 soʻmdan.
  • Namangan – Krasnodar, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 008 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan – Yekaterinburg – Namangan, parvozlar payshanba/juma (keyingi kunga oʻtadigan tungi parvoz) kunlari amalga oshiriladi:

  • Namangan – Yekaterinburg, bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 869 000 soʻmdan.
  • Namangan – Yekaterinburg, bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 052 000 soʻmdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Narxlar 29.12.2021 y. holatiga koʻra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling