Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Toshkent shahridagi Milliy bog‘da O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan buyuk shoir Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yildi

2020 21 Oktabr
Ulashing

“Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, yetakchi uchuvchi va bortkuzatuvchilari bugun 21-oktabr kuni Milliy bog‘da bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda ishtirok etib, buyuk alloma, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, hazrat Alisher Navoiyga o‘z ehtiromlarini bildirgan holda uning haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Mir Alisher Navoiyning o‘zbek tili rivojiga qo‘shgan hissasi, tilimizga bo‘lgan e’tibori, mashhur “Hamsa” asari, asardagi besh doston qahramonlari yodga olinib, shoirning go‘zal ruboiy va g‘azallaridan namunalar o‘qidilar.

anv

O‘zbek tilining necha ming yillik tarixga ega ekanligi, hazrat Navoiy «Tilga e’tibor-elga e’tibor» iborasi ila bizni ona tilimizdan faxrlanishga, g‘ururlanishga undashligi, ana shu tilda «Xamsa»ni bitib, o‘zbek tiliga asos solgani va tilimizni yuksaklarga ko‘targanini yana bir bor faxr va ehtirom ila xotirladilar.

anv

Darhaqiqat, zamondosh tilshunoslarimizdan biri: «Navoiy ijodi tilimizni o‘rganish uchun cheksiz ummondir», - degan edi. Alisher Navoiyning ulug‘ maqsadi turkiy tilning ifoda imkoniyatlarini va uning badiiy xususiyatlarini dunyoga ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan. Ulug‘ ajdodimizning asarlarini o‘qiganimizda o‘zbek tilining ildizi qanchalik chuqur ekanligi, bu tilning imkoniyatlari naqadar kengligini anglaymiz. Mir Alisher Navoiy ona tilimizning afzalliklarini inkor etib bulmaydigan dalillar bilan isbotlab berdi.

Chunki toptim ul kalom ichra kamol,
Turk alfozi bila surdum maqol…
Turk nazmida chu men tortib a’lam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam, deb yozganida buyuk shoir qanchalar haq edi…

anv

Millatimiz ruhining, madaniyatining, ma’naviyatining kaliti bo‘lgan til har doim har birimizning e’tiborimizda, e’tirofimizda bo‘lishi darkor. Milliy tilimiz xalqimizning ijodi, asrlar mobaynida yaratgan boyligi, uning ongi, faxri, fikrimiz zikri, qalbi va yurak o‘ti ekanligini to‘la anglab yetolmasak, unga nisbatan hurmatsizlik, beodoblik qilgan bo‘lamiz. Tilimizning milliy jozibasini saqlash, qadrlash, uning sofligi, qadr-qimmatini asrab qolish, xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada oshirish, ajdodlar ma’naviy merosini chuqurroq o‘rganish, tilimizga e’tibor va e’zoz ko‘rsatish har birimizning burchimizdir.

anv

PDF-ni yuklab oling