Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
1. A320/321 HKga amaldagi ruxsatnoma;
2. Amaldagi FA uchuvchisi guvohnomasi;
3. Amaldagi tibbiyot sertifikati
4. ICAO shkalasi bo‘yicha 4 va undan yuqori darajada ingliz tilini bilish (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan);
5. Ariza berish paytida ushbu lavozimga tegishli HK turida, parvoz ishidagi 9 (to‘qqiz) oydan ortiq bo‘lmagan tanaffus;
6. Fuqaro aviatsiyasi yoki harbiy aviatsiya uchuvchisining tamomlangan to‘liq aviatsiya ta’limi;
7. Oliy aviatsiya yoki oliy texnik ma’lumot;
8. A320/321 turidagi HKda parvoz vaqti kamida 1000 soat;
9. Havo kemasi ekipaji tarkibida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan darajada davlat (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun), rus va ingliz tillarini bilish;
10. Xorijiy fuqarolar uchun parvoz tajribasi kamida 5 (besh) yil;
11. Vakolatli organ tomonidan guvohnomaning qonuniyligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
12. 55 yoshgacha!
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni elektron formatda (PDF) taqdim etishlari kerak:
− Parvoz uchun ishga joylashishga nomzod uchun rasmiylashtirilgan taqdimnoma (ilova qilingan);
− TUEKning parvozga yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi;
− FA uchuvchisi guvohnomasi;
− Ta’lim, parvoz soati, o‘zlashtirilgan havo kemalar turlari va boshqalar to‘g‘risidagi hujjatlar;
− Asbob-uskunalar (Instrument Rating) bo‘yicha parvozlarga ruxsatni tasdiqlovchi hujjat;
− Parvoz tajribasini tasdiqlovchi mehnat daftarchasidan ko‘chirma;
− ICAO tilni baholash shkalasi bo‘yicha 4 darajadan kam bo‘lmagan ingliz tilini bilish darajasiga muvofiqlik sertifikati;
− (O‘zR harbiy xizmatga majbur fuqarolari uchun) harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining harbiy guvohnomasi.
Hujjatlar PDF formatda pilot.career@uzairways.com elektron pochta manziliga yuborilsin.
Tanlov Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Tanlov bosqichlari:
- Suhbat
- ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat
- Trenajyorda tekshirish
Shartnoma muddati 12 oy; 36 oy.
Tanlov ishtirokchilariga “Uzbekistan airways” AJ qatnovlarida tanlov o‘tkaziladigan joyga va orqaga aviachiptalar beriladi;
Ish haqi 8000 AQSh dollaridan boshlanadi;
45 ish kunigacha mehnat ta’tili;
Yiliga bir marta xodim va oila a’zosi uchun imtiyozli chiptalar;
Uy-joy uchun 500 dollar to‘lov.
Hujjatlar uchun ariza va taqdimnoma to‘ldirilishi zarur (ilovada).