Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ikkinchi Airbus A321 havo kemasini qabul qilib oldi

2022 7 Mart
1
Ulashing

Bugun, 2022-yilnig 7-mart kuni “Toshkent” aeroportining mahalliy aviayoʻnalishlar terminalida ikkinchi А321neo NX havo kemasini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

UK32103 roʻyxatga olish raqamini olgan А321neo NX havo kemasi Uzbekistan Airways ekipaj a’zolari – Maksim Shulepin va Nagay Yevgeniy boshqaruvida olib kelindi.

Ushbu samolyot Evroosiyo qit’asi boʻylab deyarli toʻla yuk bilan parvozlarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, Oʻzbekiston poytaxtidan ancha uzoq boʻlgan Toshkent – London, Toshkent – Seul, Toshkent – Kuala Lumpur kabi yoʻnalishlarda qatnovni amalga oshiradi.  

Samolyotning maksimal uchish vazni 97 tonna. Samolyot 23 000 kg tijorat yuklarini tashishi mumkin. Havo kemasi sahnida 188 yoʻlovchi oʻrindiqlari, ulardan biznes-klass – 16 va ekonom klassida 172 oʻrindiqqa ega.

Aviakompaniya havo kemalari parkini unifikatsiyalash “Uzbekistan Airways” AJ da transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da belgilab berilgan. Aviakompaniya yangi yoʻnalishlarni ochishni, Yevropa va Osiyo mamlakatlariga avvalgi mashhur boʻlgan yoʻnalishlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Havo parkini yangi A321neo LR havo kemalari bilan toʻldirish esa ushbu muammolarni hal qilishda yordam beradi.  

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 14-fevral kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi oʻzining aviaparkidagi birinchi Airbus A321 LR havo kemasini kutib oldi. Uzbekistan Airways parki hozirda 26 ta yoʻlovchi havo kemasiga, jumladan, 12 ta Airbus laynerlari (A320 – 9, A320neo – 3, A321LR – 2) ega.   

Tadbir ishtirokchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari zamonaviy Airbus A321neo NX avialaynerining texnik xususiyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar

PDF-ni yuklab oling