19-21 mart kunlari Uzbekistan Airways O‘zbekiston Respublikasi milliy stendi tarkibida Moskvada bo‘lib o‘tgan 30-xalqaro turizm va mehmondo‘stlik sanoati ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Aviakompaniya xodimlari mahalliy biznes va turizm sohasi vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildilar, O‘zbekistondagi madaniy va tarixiy turizmning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berildi, shuningdek, respublikaga potentsial sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borildi.