Aviakompaniya Parijda bo‘lib o‘tayotgan IFTM 2024 xalqaro B2B-ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Tadbirning birinchi kunida aviakompaniya vakillari xorijiy hamkorlar bilan Yevropa shaharlarini Osiyo bilan bog‘laydigan aviaqatnovlarni ko‘paytirish istiqbollarini faol muhokama qildilar. Toshkentni Yevropadan Osiyo mamlakatlariga yo‘l olayotgan yo‘lovchilar uchun tranzit xabga aylantirish g‘oyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Hozirda Uzbekistan Airways Fransiyani mintaqa mamlakatlari bilan Parijdan Toshkentga va ortga qaytuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar bilan bog‘laydigan Markaziy Osiyodagi yagona aviakompaniya hisoblanadi.
Sizni Parijdagi eng yirik ko‘rgazma majmualaridan biri – Porte de Versailles’dagi stendimizga tashrif buyurishga taklif qilamiz. Ko‘rgazma 19-sentabrga qadar davom etadi.