Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways uchuvchilarni saralash uchun hujjatlar qabul qilishini e’lon qiladi

2021 4 Noyabr
1
Ulashing

2021-yilning 1-noyabridan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ aviatsiya texnikasiga qayta tayyorlash maqsadida nomzodlarni saralash uchun hujjatlar qabul qilinishini e’lon qiladi. Saralash tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish 2021-yilning 1-noyabridan boshlab 2021-yilning 31-dekabriga qadar fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash bilim yurtlari bitiruvchilari hamda fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasi sohiblari o‘rtasida amalga oshiriladi.

Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarni tayyorlash bilim yurtlari bitiruvchilari orasidagi nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega 21-yoshdan 35-yoshgacha bo‘lgan fuqarolar;
  • Amaldagi pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (ID Card), shuningdek xalqaro pasportning mavjudligi;
  • Uchuvchilar bilim yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (sertifikat) hamda tayyorgarlik hajmi va bir yoki ikki dvigatelli havo kemalarida 150 soatdan kam bo‘lmagan parvoz soatlarini tasdiqlovchi hujjat;
  • Uchuvchilar bilim yurtini tamomlagandan keyin 12 oydan ortiq bo‘lmagan tanaffus;
  • IR (Instrument rating) dasturi bo‘yicha o‘quv kursini tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikat;
  • Parvoz kitobchasi yoki uning analogi;
  • ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xorijiy davlat yoki O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan berilgan amaldagi hujjat;
  • FA uchuvchisi (CPL) guvohnomasi;
  • O‘zbekistonda tan olingan oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (nostrifikatsiya), agar mavjud bo‘lsa;
  • Erkak nomzodlar uchun harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasining mavjudligi.

Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasi sohiblari orasidan nomzodlarga qoʻyiladigan talablar quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega 50 yoshdan oshmagan shaxslar;
  • Amaldagi pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (ID Card), shuningdek xalqaro pasportning mavjudligi;
  • HKK (havo kemasi komandiri) yoki ikkinchi uchuvchi sifatida 500 soatdan kam bo‘lmagan parvoz vaqti;
  • Xorijiy davlat yoki O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan berilgan FA uchuvchisi guvohnomasi (CPL, ATPL);
  • Ariza berilgan sanagacha 12 oydan kam bo‘lmagan muddatdagi parvoz ishidagi tanaffus.
  • FA uchuvchilar bilim yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
  • ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xorijiy davlat yoki O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan berilgan amaldagi hujjat;
  • Mehnat daftarchasi yoki so‘nggi 5 yil davomida faoliyat yuritgan va egallab turgan lavozimi to‘g‘risida rasmiy ma’lumot;
  • «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan havo kemasida qayta tayyorgarlikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat (agar nomzodda shunday hujjat bo‘lsa);
  • «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasida uchuvchi sifatida ishlashga qanday sabab asosiy turtki bo‘lganligi to‘g‘risida o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida motivatsion xati;
  • O‘zbek, rus yoki ingliz tillarida tavsiyanoma.

Batafsil: https://aviatraining.uz/informacija-dlja-interesujushhihsja-vozmozhnostju-trudoustrojstva-v-aviakompaniju-uzbekistan-airways-pilotom-vozdushnogo-sudna/

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling