“Uzbekistan Airways” 2019-yilning oktyabr oyi yakunlari bo‘yicha Geydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportining punktuallik reytingida eng punktual aviakompaniyalardan biriga aylandi.
O‘zbekiston milliy aviatashuvchisi Ozarbayjonning asosiy aeroportiga rejalashtirilgan parvozlarning 90 foizini jadval bo‘yicha bajardi.
“Uzbekistan Airways” xaftasiga uch marta seshanba, payshanba va yakshanba kunlari Toshkent-Baku-Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.
Ta’kidlash lozimki, aviakompaniya bir necha marotaba Rossiyaning eng yirik “Domodedovo”, “Sochi”, “Krasnodar”, “Qozon”, “Vnukovo”, “Koltsovo” va boshqa aeroportlarida eng punktual aviatashuvchi sifatida tan olingan.