Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways 2024-yil 20-maydan A330 havo kemalarini ekspluatatsiyasini davom ettiradi

2024 17 May
Ulashing

Uzbekistan Airways aviaparki ikkita Airbus A330 keng fyuzelyajli uzoq masofali havo kemalari bilan to‘ldiriladi. Ushbu havo kemalari ekipaji va boshqa xarajatlari ichida bo‘lgan holda lizingga olindi. Aviakompaniya ushbu turdagi havo kemalaridan birinchi marta 2023-yil aprel oyida foydalanishni boshlagan. 

Avialaynerlar uzoq masofalarga, 4 soatdan ortiq amalga oshiriladigan parvozlarga mo‘ljallangan. Dastlabki bosqichda havo kemasidan Toshkentdan Istanbulga, keyinchalik Jidda va Seul qatnovlarida foydalanish rejalashtirilgan. Havo kemasi Rolls-Royce Trent 700 dvigatellari bilan jihozlangan. Ilk aviaqatnov HY281/282 Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishida amalga oshirilishi 20-may kuni rejalashtirilgan.

Foto1

Uzbekistan Airways va Qanot Sharq aviakompaniyasi o‘rtasida ikkita A330 havo kemalarini bir yil muddatga ijaraga olish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Avialaynerlar ekipaji va boshqa xarajatlari ichida bo‘lgan holda lizingga olindi. Ijarada foydalaniladigan davr – 1 yil davomida, havo kemalari ko‘k rangda va Uzbekistan Airways havo kemalarining klassik ko‘rinishidan farq qiluvchi maxsus livreyada ekspluatatsiya qilinadi.

“A330 havo kemalarini xarid qilish toʻgʻrisidagi qaror aviakompaniyani rivojlantirish strategiyasi va Uzbekistan Airways parvozlar geografiyasini kengaytirish rejalarini amalga oshirish doirasida qabul qilindi. Maqsadimiz – Uzbekistan Airways’ning xalqaro maydonda eng ishonchli va xavfsiz aviatashuvchilardan biri sifatidagi maqomini saqlab qolish uchun har yili tizimli ravishda rivojlanib borishdir”, — deydi “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi Shuxrat Shavkatovich Xudaykulov.

Ikkita Airbus A330 havo kemalari eng qisqa vaqt ichida “Uzbekistan Airways” AJning muntazam xalqaro aviaqatnovlarida aviakompaniya yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

PDF-ni yuklab oling